Bishkekning sobiq hokimi 20 yilni qamoqda o‘tkazadi
Bishkek shahrining sobiq hokimi Kubanichbek Kulmatov ustida olib borilayotgan tergov nihoyasiga yetdi. Bu haqda Kulmatovning advokati Sergey Slevarev «24.kg» axborot agentligiga xabar berdi.
Advokatning aytishicha, materiallar bilan tanishuv jarayoni boshlangan. Yuristning ta’kidlashicha, tergov davomida qator qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, sobiq hokim yakuniy ayblov xulosasiga ko‘ra 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Kubanichbek Kulmatov shahar hokimi bo‘lgan 2014-yilda ikkita maktab qurilishiga ajratilgan 2 million dollarlik grantni noqonuniy ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda.
Sergey Slesarevning qo‘shimcha qilishicha, Bishkekning yana bir sobiq Albek Ibraimovning ishi ham sudga oshirilgan. Sud qachon bo‘lishi noma’lum.
Albek Ibraimov «TNK «Dastan» OAJ mulkini o‘zlashtirish va talon-toroj qilishda ayblanib qo‘lga olingandi. Bundan tashqari, u hokimlikning boshqa mansabdor shaxslari uyushgan holda poytaxtning janubida joylashgan davlatga qarashli yerlarni noqonuniy o‘zlashtirib yuborganlikda ayblanyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter