Bishkekda 2019-yili metrobuslar ishga tushadi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda metrobuslar — tezyurar avtobuslar paydo bo‘ladi. Bu haqda «Delo.kg» xabar berdi.
Bishkek shahar hokimining maslahatchisi Gulya Almambetovaning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, metrobuslar liniyasi butun shaharni kesib o‘tadi. Har bir avtobus soatiga 40-60 kilometr tezlikda, 2-3 daqiqa oraliqda, ya’ni metro kabi harakatlanadi.
Shahar hokimligi tezkor jamoat transportini 2019-yilda ishga tushirishga va’da berdi.
Ta’kidlash kerakki, metrobuslar dunyoning qator shaharlarida, masalan, Los-Anjeles, Buenos-Ayres, Xayfa, ayniqsa, Istanbulda ancha ommalashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter