«Bishkek-O‘sh» shaharlarini bog‘lovchi tog‘ yo‘lida qor ko‘chkisi tufayli tirbandlik yuzaga keldi
Bugun Qirg‘izistonning «Bishkek-O‘sh» shaharlarini bog‘lovchi tog‘li avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi sabab 3 km dan uzun tirbandlik yuzaga keldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qor ko‘chkisi bugun soat 9:30 atrofida «Bishkek-O‘sh» avtomobil yo‘lining 223-kilometrida (Sharshara uchastkasi) tushgan.
Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar bericha, Jalolobod viloyatida uchta qor ko‘chishi sodir bo‘lgan.
Transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tekebayev qor ko‘chkisi avtomobil yo‘lining 243-kilometrida ham tushganini aytdi. Voqea joyida yo‘lchilar va Transport vazirligining texnikalari ishlamoqda.
Qor ko‘chkisi tufayli barcha transport turlari uchun harakat vaqtincha cheklangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter