Bir kunda HAMASning to‘rt yetakchisi halok bo‘ldi
![Bir kunda HAMASning to‘rt yetakchisi halok bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/720_460_95_320089941.jpg)
Isroil armiyasi dushanba kuni G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyada HAMAS guruhining to‘rt nafar yuqori martabali rahbarlarini yo‘q qilganini ma’lum qildi.
Ular o‘z bayonotida o‘ldirilgan HAMAS a’zolarining quyidagi ismlarini keltirgan:
Jamil Baba, HAMASning markaziy brigadasidagi dengiz kuchlari qo‘mondoni;
Muhammad Safadiy, tankga qarshi raketa bo‘linmasi komandiri;
Muvoman Hijoziy, HAMASning tankga qarshi raketa bo‘linmasi jangchisi;
Muhammad Avdalloh, HAMAS ishlab chiqarish bo‘limining katta xodimi.
Shuningdek, Isroil harbiylari «jangarilar infratuzilmasini, jumladan, tankga qarshi raketa uchirish qurilmalari va boshqa uchirish maydonchalarini yo‘q qilgani»ni iddao qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ikki haftacha avval HAMASning yuqori martabali qo‘mondoni Ayman Nofal G‘azo sektorida Al-Burayj lageri yaqinida o‘ldirilgani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter