Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bibixol O‘zbek — dunyodagi eng keksa muhojir

Bibixol O‘zbek — dunyodagi eng keksa muhojir

Foto: «Haber7.com»

Shvetsiya parishonxotir va ko‘zi ojiz afg‘on muhojiri Bibixol O‘zbekning muvaqqat yashash ruxsati yakunlanayotgani uchun uni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi. Bu haqda «Haber7.com» sayti xabar bermoqda.

Bibixol O‘zbek dunyodagi eng keksa muhojir sifatida tanilgan.

Shvetsiya davlat radiosi «SR» xabariga ko‘ra, Gotland shahrida nabiralari bilan yashaydigan O‘zbekning uch haftadan keyin muvaqqat yashash ruxsati tugaydi. Shu bois u mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

O‘tgan yili ham shunday holat kuzatilgan, biroq oraga Gyoteborg ma’muriy sudi aralashgani sababli O‘zbekka yana bir yil yashash uchun ruxsat berilgan edi.

Afg‘onistondagi urush tufayli ikki yil avval O‘zbek oilasi bilan Xorvatiyaga kelib qolgan edi.

Xorvatiya politsiyasi o‘sha payt kampirning hujjatlarini tekshirib, uning 105 yosh ekanini ma’lum qilgandi.

Afg‘on ayol Xorvatiyadan Shvetsiyaga ko‘chib o‘tgan va o‘sha yerda yashash uchun boshpana so‘ragan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring