Bayden Trampni yutishiga to‘la ishonishini e’lon qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden bo‘lajak prezidentlik saylovlarida raqibi Donald Trampni mag‘lub eta olishiga ishonch bildirdi.
Jurnalistlar Baydendan saylovda g‘alaba qozona olishi bo‘yicha so‘ragan.
«Ha», deb javob berdi Bayden jurnalistning tegishli savoliga.
5-iyul kuni The Washington Post gazetasining yozishicha, bir guruh nufuzli faollar va AQSh Demokratik partiyasining donorlari Jo Baydenga prezidentlik poygasidan voz kechishni so‘rab maktub yo‘llagan.
O‘sha kuni Axios portali Oq uy vakillari va Baydenning saylovoldi shtab-kvartirasi uning sog‘lig‘i va davlat rahbari sifatida ikkinchi muddatga kurashni davom ettirish qobiliyatidan tobora ko‘proq tashvishlanayotgani haqida xabar berdi.
Baydenning o‘zi esa debatlardagi muvaffaqiyatsizliklar charchoq va xorijiy safarlar bilan bog‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter