Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden AQSh harbiylari qachon Afg‘onistondan to‘liq chiqishini aytdi

Bayden AQSh harbiylari qachon Afg‘onistondan to‘liq chiqishini aytdi

AQSh harbiylari Amerika fuqarolari to‘liq evakuatsiya qilinmaguncha Afg‘onistonda qoladi. Bu haqda Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Shu sababli rasmiylar qo‘shinlarning chiqib ketish muddatini 31-avgustga qadar uzaytirishga qaror qilgan.

Ammo agar shu vaqtgacha Afg‘onistondan barcha amerikaliklarni olib chiqish imkoni bo‘lmasa, unda harbiy missiya uzaytiriladi.

Bayden, shuningdek, hozirda mamlakatda 10 dan 15 minggacha AQSh fuqarolari borligini ochiqlagan.

Bundan tashqari, AQSh hukumati mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan 50-65 ming afg‘onlarni evakuatsiya qilmoqchi.

Oq uy rahbarining qo‘shimcha qilishicha, agar evakuatsiya tezligi kuniga 5-7 ming kishiga tezlashtirilsa, oy oxirigacha missiya to‘liq tugatilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring