Bayden 2023-yil uchun 1,7 trillion dollarlik budjet loyihasini imzoladi
AQSh prezidenti Jo Bayden 2023-yil uchun 1,7 trillion dollarlik budjet loyihasini imzoladi. Bu haqda u o‘zining Twitter’ida ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritishicha, budjetda qator tashabbuslar, jumladan, 45 milliard dollar miqdorida Ukrainaga muhim yordam ajratilishi ham bor. Bundan tashqari, Bayden tibbiy tadqiqotlar uchun mablag‘ ajratish, xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash uchun mablag‘ ajratishni ma’qullagan.
Baydenning buyrug‘i federal hukumatga 2023-yil sentyabr oyi oxirigacha 1,7 trillion dollar sarflash imkonini beradi.
Kecha, 23 dekabr kuni Bayden mamlakatning 2023-yilga mo‘ljallangan yangi mudofaa budjetini imzolagan edi. Hukumatning umumiy ajratmasi 847,3 milliard dollarni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter