Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank xodimlari 50 ming banknotani qo‘lda sanashga majbur bo‘lishdi

Bank xodimlari 50 ming banknotani qo‘lda sanashga majbur bo‘lishdi

Foto: «Daily Mirror»

Xitoyning Shanxay shahrida millioner bankka borib, hisobidagi pulni olgan va bank xodimlarini 50 ming kupyurani qo‘lda sanashga majbur qilgan. Bu haqda Daily Mirror xabar bermoqda.

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Sunwear taxallusi bilan tanilgan boy xizmat ko‘rsatishning yomonligidan shikoyat qilgan. Shu bois u o‘z jamg‘armasini bir bankdan boshqasiga o‘tkazishga qaror qilgan. U ikkita bank xodimidan kerakli summani tayyorlashni va hamma kupyurani qo‘lda sanashni so‘radi. Ular buning uchun o‘ziyam ikki soat vaqt sarflashgan.

Bank vakillarining so‘zlariga ko‘ra, davlatmand odam binoga himoya niqobisiz kirgan. Undan niqob taqishni so‘raganda jahli chiqib ketgan. Ularning qo‘shimcha qilishicha, ehtimol, shuning uchun u pulni olishga qaror qilgan va ishchilarni besh million iyenani (qariyb 470 million so‘m) sanab chiqishga majburlagan.

Ketishidan oldin millioner qolgan pullarini olish uchun hali yana qaytib kelishini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring