Baliqning ham joni og‘riydi, xuddi odamga o‘xshab — olimlar
«Focus» nashri «Philosophical Transactions of the Royal Society» jurnaliga asoslanib yozishicha, britan biologlari baliqlarning og‘riqni his qilishiga bag‘ishlangan 98 ta ilmiy maqolani o‘rganib chiqishdi.
Ma’lum bo‘ldiki, og‘riqli vaziyatlarga duchor bo‘lgan baliqlarda qator o‘zgarishlar ko‘zga tashlangan — harakatchanligi susaygan, himoya reaksiyalari ishga tushgan, nafas olishi tezlashgan. Og‘riqni qoldiruvchi vositalar berilishi bilan bu holatlar yo‘qolgan.
Masalan, akvariumda tok urgan baliqlar keyinchalik o‘sha yerni, hatto xo‘rak bo‘lsa, ham chetlab o‘tishga odatlangan.
Olimlar baliqchilarni bu tilsiz jonivorlarga shafqatliroq bo‘lishga undashyapti, aytilishicha, baliqlar suvsizlikda o‘ta qiynalib jon berarkan...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter