BAA prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon vafot etdi

BAA prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon 73 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.
Ol Nahayon BAAning ikkinchi prezidenti sanaladi. U 2004-yildan beri mamlakatni idora qilib keladi.
U BAAning birinchi rahbari Zaid ibn Sulton Ol Nahayonning o‘g‘lidir. 1967-yildan merosxo‘r shahzoda sifatida BAAning eng boy amirligi — Abu-Dabini boshqargan.
Dubaydagi mashhur «Burj Xalifa» ham ushbu prezident sharafiga ataladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter