Avstriya tashqi ishlari vaziri: «Putin zo‘r raqqos»
Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl Rossiyaga tashrifi davomida prezident Vladimir Putin bilan yana raqsga tushishni xohlamoqda. «Kelasi hafta Moskvada bo‘laman, balki prezident bilan yana raqsga tusharmiz?» deydi vazir. Gap orasida siyosatchi xonim britaniyalik hamkasbi Jeremi Xant bilan raqsga tushganini eslar ekan, Rossiya yetakchisi undan yaxshiroq o‘ynashini yashirib o‘tirmadi: «Baribir Putin zo‘r raqqos!».
Eslatib o‘tamiz, Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl xonim o‘tgan yilning avgust oyida moliyachi Volfgang Maylingerga turmushga chiqqan. Ularning nikoh to‘yiga tashrif buyurgan Vladimir Putin kelin bilan raqsga tushgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter