Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstriya kansleri Turkiya borasida kutilmagan bayonot berdi

Avstriya kansleri Turkiya borasida kutilmagan bayonot berdi

Foto: RIA Novosti.

Avstriya federal kansleri Karl Nexammer Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha har qanday muzokaralarni to‘xtatishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqaraning tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishini «tasavvur qilib bo‘lmaydi». Bu haqda Nexammer Die Welt gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Biz Anqara va Bryussel o‘rtasidagi yaqinlashuvni qo‘llab-quvvatlaymiz, biroq Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga to‘liq a’zo bo‘lishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bir-biringiz bilan munosabatlaringizda haqqoniy bo‘lish muhimdir. Bu esa ko‘p yillar davomida muzlatib qo‘yilgan a’zolik muzokaralarini rasman tugatish va hamkorlikning yangi konsepsiyasini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi», — dedi Nexammer.

Shu bilan birga kansler Turkiyani Yevropa Ittifoqi uchun muhim hamkor sifatida tan oldi. Anqara va Bryussel «iqtisodiy va siyosiy masalalarda o‘zaro ishonch va hamkorlikka» asoslangan sheriklik variantini shakllantirishi kerak, deb hisoblaydi u.

Bungacha Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G‘arb yarim asr davomida o‘z so‘zida turmay, mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishiga to‘siqlar yaratayotganini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring