Avstraliyada samolyot halokatga uchradi
![Avstraliyada samolyot halokatga uchradi](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_4268540373.jpg)
Avstraliyaning Viktoriya shtati Gippsland shahrida kichik samolyot qulashi tufayli uchuvchi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.
Viktoriya shtati xavfsizlik kuchlarining ma’lum qilishicha, samolyot noma’lum sabab bilan mahalliy vaqt bilan bugun soat 14:35 da halokatga uchragan.
Shtat g‘arbidagi Gippsland shahrida bo‘sh hududga qulagan samolyotdagi uchuvchi halok bo‘lgan. Samolyot «Yakovlev Yak-9YuM» rusumli ekani ma’lum qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter