Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyada bir uyda 7 kishining jasadi topildi

Avstraliyada bir uyda 7 kishining jasadi topildi

Foto:«Australian Paramedical College»

G‘arbiy Avstraliyadagi Margaret River turizm qasabasi yaqinidagi bir uyda 7 kishining o‘ligi topildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Mahalliy matbuotning yozishicha, Margaret Riverdagi bu hodisada halok bo‘lganlar jinoyatda gumon qilingan. Shu bois ular o‘z jonlariga qasd qilishgan ekan.

G‘arbiya Avstraliya politsiyasi ma’muri Kris Dausonning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning 5 nafari uy ichida, qolgan 2 nafari tashqarida ekani aniqlangan.

Voqea joyidan 2 dona to‘pponcha topilgan.

«O‘lim fojia. Yetti kishining birdan halok bo‘lishi esa – katta fojia», – degan Kris Dauson.

Halok bo‘lganlarning kimligi aniqlashtirilayapti. Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring