Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asrning eng uzun Oy tutilishi kuzatiladi

Asrning eng uzun Oy tutilishi kuzatiladi

Foto: «Sabah»

Shu yil 27-iyul kuni XXI asrning eng uzun oy tutilish hodisasi kuzatiladi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Tabiat hodisasi 1 soatu 43 daqiqa davom etishi kutilyapti. Bunga sabab sifatida Oyning Yer sharidan eng uzoq nuqtada bo‘lishi hamda Yer sharining Oy ustida me’yoridan ortiq maydonni egallashi ko‘rsatilyapti.

Bunday g‘aroyib tabiat hodisasini Afrika g‘arbi, Yaqin Sharq, Yevropa va Osiyoning muayyan hududlarida va Avstraliyada kuzatish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring