Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentinada noma’lum kasallik qurbonlari ko‘paymoqda

Argentinada noma’lum kasallik qurbonlari ko‘paymoqda

Bir necha kun ichida Argentinaning Tukuman provinsiyasida ikkinchi odam kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya tufayli vafot etdi, deb xabar beradi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi sayti.

Umuman olganda, 18-22 avgust kunlari kasalxonaning besh nafar xodimida va xususiy klinikada bir bemorda kasallik holati aniqlangan.

«Oltita holatda ham gap ikki tomonlama pnevmoniya haqida ketyapti, ikkita bemor vafot etgan», deyiladi xabarda.

Uch kishi kasalxonaga yotqizilgan, yana bir kishi uyda, shifokorlar uning sog‘lig‘i yaxshi deb baholamoqda.

Bemorlar qayta sinovdan o‘tkazildi va natijalar hafta oxirigacha kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring