Argentina prezidentining sammit vaqtida tobi qochdi
Argentina prezidenti Alberto Fernandes Indoneziyaning Balida G20 sammiti ochilishidan keyin yuqori qon bosimi va bosh aylanishi tufayli shifokorlarga murojaat qilgan.
Bu haqda OAV prezident ma’muriyati matbuot xizmatiga tayanib ma’lum qilgan.
Argentina rahbarining davolovchi shifokori imzolagan xabarda aytilishicha, prezidentning shikoyatlari yuzasidan diagnostik tekshiruv o‘tkazishga qaror qilingan.
Slarin gazetasining yozishicha, G20 sammitining birinchi kunida Fernandes o‘rniga Argentinani tashqi ishlar vaziri Santyago Kafiyero vakillik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Balida tobi qochib, shifoxonaga tushgan xabar berilgan va biroz o‘tib bu inkor qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter