Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arab davlatlari Isroilga talab qo‘ydi

Arab davlatlari Isroilga talab qo‘ydi

Arab davlatlari ligasi (ADL) Isroildan Livanga hujumlarni to‘xtatish va jabrdiyda aholiga zudlik bilan insonparvarlik ko‘magi ko‘rsatishni talab qildi.

Qohirada o‘tgan ADL doimiy vakillari uchrashuvi Livan va Isroil chegarasidagi tarang vaziyatga bag‘ishlandi.

Uchrashuv yakunida berilgan bayonotga ko‘ra, ADL Isroilning Livandagi xatti-harakatlarini keskin qoralaydi va hujumlarning bu tariqa davom etishi jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantiradi.

Hujjatda Livan hududiga bostirib kirish umumarab milliy xavfsizligiga tahdid deb qabul qilinishi ta’kidlangan.

ADL xalqaro hamjamiyatni ham Isroilga bosim o‘tkazish hamda Livanga ko‘mak ko‘rsatishga da’vat qilgan.

Isroil so‘nggi haftalarda Livanga kuchli havo hujumlari uyushtirmoqda.

27 sentyabr kungi hujumda Yaqin Sharqdagi qudratli tuzilmalardan biri “Hizbulloh” harakati rahbari Hasan Nasrulloh o‘ldirildi.

“Hizbulloh” harakati ham Isroilga raketa otib javob qaytargan.

Isroil Livan hududiga quruqlik orqali bostirib kirishi aytilmoqda.

Bayrut hukumatiga ko‘ra, joriy yil 17 sentyabrdan buyon Isroil hujumlari oqibatida mamlakatda 1411 kishi halok bo‘ldi. Ularning 104 nafari bolalar va 194 nafari ayollardir.

BMT tuzilmalari Livanda harbiy taranglikning ortib borayotgani va tinch aholi orasida qurbonlar soni ko‘pligidan jiddiy xavotir bildirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring