AQShning Jorjiya shtati maktabida otishma sodir bo‘ldi

AQShning Jorjiya shtatidagi maktabda otishma sodir bo‘ldi. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor. Bu haqda mahalliy telekanalning politsiya ma’lumotlariga tayanib bergan ma’lumotlari asosida «Aif.ru» xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Kleyton okrugidagi Maunt-Zayon maktabida sodir bo‘lgan. O‘t ochish bitiruv marosimi arafasida boshlangan. Uch kishi tan jarohat olgan, ulardan biri shifoxonada vafot etgan.
Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda. Kim o‘t ochgani haqida hanuz ma’lumot yo‘q.
Bu Amerika maktablarida bir sutkada yuz bergan ikkinchi otishma. Avvalroq, juma kuni Santa Fe shahridagi maktabga qurolli kimsa hujum qilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab kishilar jarohat olgan edi.
Otishmada gumon qilingan 17 yoshli Dimitrios Pagurtzis qo‘lga olindi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, u o‘qotar qurolni otasidan olgan ekan. Hujumdan so‘ng yigitcha o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Uning yonidan portlovchi moddalar ham topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter