AQShning eng katta muammosi nima?
Juda ko‘p sonli amerikaliklar nazarida yomon boshqaruv — mamlakatning eng katta muammosi. Bunga «Gallup» xizmati o‘tkazgan so‘rovnoma shohidlik beradi.
Respondentlarning 35 foizi yuqoridagi fikrda, bu 2013-yilgi so‘rovnoma natijasidan 2 foizga yomon. Ha, samarasiz boshqaruv — amerikaliklar uchun eng katta muammo, u hatto immigratsiya (19 foiz) va sog‘liqni saqlash (6 foiz) masalalaridan ham dolzarbroq.
Sotsiologlar bu holatni Donald Trampning prezidentligi bilan bog‘lashyapti — u kelganidan beri, 2018-yilning noyabr va dekabr oylarini istisno qilganda, aksariyat amerikaliklar har oyning eng katta muammosi sifatida boshqaruv tizimini tilga olishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter