Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda muhojirlarga hujum uyushtirildi

AQShda muhojirlarga hujum uyushtirildi

AQShning Aydaho shtatida 9 muhojirga pichoq bilan hujum qilindi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Boyse shahri politsiyasi boshlig‘i Uilyam Bounsning aytishicha, Suriya, Iroq va Efiopiyadan kelgan muhojirlar shaharda 3 yashar bolaning tug‘ilgan kunini nishonlayotgan paytda pichoqli hujumga uchragan. Buning oqibatida 9 kishi yaralangan.

Jabrlanganlar orasida 3, 4, 6, 8 va 12 yashar bolalar ham bor.

Bouns hujumga uchragan 9 muhojirdan 4 nafarining ahvoli og‘ir ekanini ma’lum qildi.

Hujumchi 30 yoshli AQShlik Timmi Erl Kinner ekani ayonlashdi.

Voqea yuzasidan surishtiruv boshlab yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring