AQShda dam olish kunlaridagi otishmalarda 150 kishi qurbon bo‘ldi
Dam olish kunlari AQShda kamida 150 kishi qurolli zo‘ravonlik qurboniga aylandi. OAV mamlakat bo‘ylab 400 dan ortiq otishma sodir bo‘lgani haqida xabar bermoqda.
4-iyuldagi Mustaqillik kuni 3-iyuldan 5-iyulgacha davom etgan dam olish kunlari faqat Nyu-Yorkning o‘zida 26 ta otishma yuz bergani ma’lum qilingan. Natijada 26 kishi jarohat oldi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yili yanada yuqori bo‘lgan - 30 kishi jarohat olgandi.
4-iyul kuni Nyu-Yorkda 12 ta otishma sodir bo‘ldi, 13 kishi ularning qurboniga aylangan.
Chikagoda juma oqshomidan dushanba tongigacha 83 kishi o‘qqa tutilgan, 14 kishi halok bo‘lib, besh va olti yoshli qizlar jarohat olgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, yakshanba kuni ertalab Texasda avtoulovlarni yuvish joyi yonida ham otishma yuz bergan.
Juma kuni Virjiniyada 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar bola otib tashlangan. Ogayo shtatida, partiyadagi otishmada o‘n ikki kishi jarohat olgan, 17 yoshli jabrlanuvchi vertolyotda kasalxonaga jo‘natilgan, ammo yo‘lda vafot etgan. Ogayo shtatining yana bir shahrida otishma oqibatida 16 va 19 yoshli ikki o‘spirin halok bo‘lgan, 16 va 17 yoshli ikki qiz va 15 yoshli o‘spirin yaralangan. Dallasda 62 yoshli erkak janjal oqibatida otib o‘ldirilgan.
Telekanal ma’lumot berishicha qurbonlar va yaralanganlar haqidagi xabarlar yakuniy xulosa emas, otishmalar tarixi yaxshilab qayta o‘rganilib chiqilishi aytib o‘tilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter