AQSh Shimoliy Koreya bilan navbatdagi sammitga hozirlik ko‘rmoqda
AQSh Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen In o‘rtasidagi navbatdagi sammitga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti Mayk Pens Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi tashkiloti davlatlari sammitida ma’lum qilgan.
«Ayni vaqtda AQSh prezident Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi yangi sammit yuzasidan rejalar tuzmoqda» deya Pensning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA «Novosti».
U shuningdek, barcha xalqlar birlashib, Koreya yarimoroli yadrosizlangunga qadar harakat qilmog‘i lozimligini ta’kidlagan.
Yaqinda Shimoliy Koreya televideniyesi «o‘ta zamonaviy» qurolning muvaffaqyatli sinovi haqida xabar qilgandi. Mazkur sinovga KimChen In ham tashrif buyurgan. AQSh tomoni esa mazkur sinovlarga qaramasdan Shimoliy Koreya o‘z va’dalarida tura olishiga ishonishini ma’lum qilgan.
12-iyundagi Singapur tarixiy sammitida Shimoliy Koreya va AQSh tomoni yadro va raketa dasturlarini to‘xtatish haqida kelishib olishgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter