AQSh neft qazib olishda jahon yetakchisiga aylanmoqchi

AQSh neft qazib olish bo‘yicha yana jahonda yetakchi bo‘lmoqchi — mamlakat energetika vazirligi huzuridagi axborot boshqarmasi buni hisob-kitob qilib chiqdi, deyiladi «CBS» telekanali xabarida. Ekspertlarning hisoblashicha, 2019-yilga borib AQShda qazib olinayotgan neft kuniga 11,8 mln. barrelga yetadi va mamlakatning dunyoda oldingi safga chiqishiga imkon beradi.
O‘tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada kuniga 10,3 mln., Saudiya Arabistonida 10 mln. barreldan ozroq neft qazib olingan. AQSh bu yil fevral oyida shu ko‘rsatkich bo‘yicha Saudiya Arabistonini quvib o‘tdi. Iyun oyiga kelib esa amerikaliklar kunlik normani 10,9 mln. barrelga chiqarishdi.
— Albatta, Saudiya Arabistoni va Rossiya ham neft qazib olishni ko‘paytirishlari mumkin. OPEK a’zolari va boshqa mamlakatlar, jumladan Rossiya, o‘tgan oyda neft qazib olishga bo‘lgan cheklovlarni kamaytirishga kelishib oldilar, bu esa «qora oltin» narxining o‘sishiga olib keldi, — deyiladi telekanal xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter