AQShdagi Mustaqillik kuni paradida mudhish voqea yuz berdi
AQShning Chikago shahri chekkasidagi Haylend-Park aholi punktida otishma yuz berdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi, kamida 20 kishi yaralanib, kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur noxush hodisa AQSh Mustaqillik kuni sharafiga o‘tkazilgan paradda sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi yolg‘iz o‘zi harakat qilgan.
Mahalliy politsiya rahbari Krisa O'Nilga ko‘ra, otishmani uyushtirgan shaxs oq tanli kishidir.
May oyi oxirida Texas shtatidagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan otishmada 21 kishi halok bo‘lgandi.
Mazkur voqeadan so‘ng AQSh bo‘ylab o‘qotar qurol-yarog‘dan foydalanishga doir qonunchilikni kuchaytirishni talab qilgan namoyishlar o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter