Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh harbiylari Suriyani tark etish niyatida emasligi e’lon qilindi

AQSh harbiylari Suriyani tark etish niyatida emasligi e’lon qilindi

Pentagon vakili Jon Kirbi AQSh harbiylari Suriyada hozircha qolishini ma’lum qildi. Bu haqda uning jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot brifingidagi nutqida aytiladi. 

AQSh rasmiylarining fikriga ko‘ra, terroristik xavf hali ham bartaraf etilmagan.

«AQShning IShIDga qarshi kurashida hech narsa o‘zgarmagan. Suriyadagi Amerika kontingentining soni oz, ular 1000 nafarga yetmaydi», — deya qo‘shimcha qilgan Pentagon vakili.

Kirbi AQSh askarlari Suriyadagi mamlakat ichkarisidagi boshqa masalalarda, masalan, fuqarolar urushiga aralashmasligini ta’kidlagan.

Shuningdek, ular Suriyada qancha vaqt bo‘lishlarini faqatgina bosh qo‘mondon hal qiladi.

Avvalroq AQSh oxirgi o‘n yil ichida ko‘p ming kishilik maxfiy armiyasini yaratgani, uning a’zolari mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham Pentagonning turli topshiriqlarini bajarishi haqida xabar qilgan edik.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring