Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Gruziya bilan hamkorlik bo‘yicha barcha dasturlarni qayta ko‘rib chiqadi

AQSh Gruziya bilan hamkorlik bo‘yicha barcha dasturlarni qayta ko‘rib chiqadi

Foto: Global Look Press

AQSh Gruziya bilan hamkorlik bo‘yicha barcha dasturlarni qayta ko‘rib chiqadi, deya bayonot berdi mamlakat Milliy xavfsizlik kengashining Yevropa masalalari bo‘yicha direktori Maykl Karpenter.

Vashington fikricha, Tbilisi so‘nggi oylarda, Yevro-Atlantika integratsiyasi istiqbollari nuqtai nazaridan, noto‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda.

Qo‘shma Shtatlar Gruziya hukumati tomonidan strategik yo‘nalish o‘zgarishiga umid qilmoqda, dedi Karpenter. «Biroq hozir biz Gruziya bilan o‘rtadagi barcha dasturlarni qayta ko‘rib chiqyapmiz», — ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar, ikki tomonlama munosabatlar qayta ko‘rib chiqilishi sababli, Gruziya bilan 2024-yilning 25-iyul – 6-avgust kunlariga mo‘ljallangan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni kechiktirishga qaror qilgan. Pentagon Gruziya hukumati tomoni ilgari surgan «yolg‘on ayblovlar»ga ishora qilgan. Bayonotda aytilishicha, Tbilisi go‘yoki AQSh va boshqa G‘arb davlatlarini Gruziyaga Rossiyaga qarshi ikkinchi front ochish uchun bosim o‘tkazishda ayblagan.

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili AQShning qo‘shma harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini keyinga surishi Gruziyaning mudofaa qobiliyatiga tahdid solishini ta’kidlagan. Uning fikricha, Vashingtonning bu qaroriga Gruziya hukumati aybdor. Gruziya hukumatidagilar do‘st bilan dushmanni ajrata olmayapti, dedi Zurabishvili.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring