AQSh Eron bilan aloqaga chiqdi
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Yamandagi hutiylarning hujumlari yuzasidan Tehronga xabar yubordi. Bu haqda jurnalistlarga Baydenning o‘zi ma’lum qildi.
«Biz ularga xabarni yetkazdik va har tomonlama o‘ylab ish qilganimizga aminmiz», dedi Bayden.
Biroq AQSh prezidenti bu xabarning tafsilotlarini oshkor qilmadi. Eronning Vashington xabariga qanday javob qaytargani noma’lumligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh so‘nggi ikki kun ichida Yamanning qator ob’yektlariga havo zarbalari berdi.
Hutiylar vakili mamlakatga raketa hujumida ishtirok etgan AQSh va Buyuk Britaniyaga «tez javob berish»ni va’da qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter