AQSh Belarus borasida jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi
AQShning Belarusdagi elchixonasi amerikalik fuqarolarni zudlik bilan mamlakatni tark etishga chaqirdi, bu haqda diplomatik missiya saytida xabar e’lon qilindi.
Ular Litva rasmiylari o‘tgan hafta Belarus bilan chegaradagi ikkita nazorat-o‘tkazish punktini yopganini, shundan so‘ng to‘rtta nazorat punkti ochiq qolganini eslatishdi. Elchixona, shuningdek, boshqa chegara punktlarini yopib qo‘yilishi mumkinligini ta’kidlagan.
«Belarusdagi AQSh fuqarolari zudlik bilan mamlakatni tark etishlari kerak. Litva va Latviya bilan qolgan ochiq chegara o‘tish punktlari orqali yoki samolyotda chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. AQSh fuqarolariga Belarusdan quruqlik orqali Polshaga kirishga ruxsat berilmaydi. Siz Rossiya yoki Ukrainaga bormasligingiz kerak», deyiladi xabarda.
Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha Belarusga «Vagner» yollanma askarlarining kelishi va noqonuniy muhojirlarning chegarani kesib o‘tishga urinishlarining kuchayishi fonida chegarani to‘liq yopib qo‘yish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter