Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Antropologlar inson suyagi qoldiqlari orqali 5 ming yil oldingi urushlarni aniqladilar

Antropologlar inson suyagi qoldiqlari orqali 5 ming yil oldingi urushlarni aniqladilar

Ispaniyadagi «San-Xuan ante Portam Latina» hududida Valladolid universiteti antropologlari inson qoldiqlarini o‘rgandilar va jangovar jarohatlar mavjudligini ko‘rsatadigan dalillarni topdilar. U yerda dafn etilgan 300 dan ortiq odam miloddan avvalgi 3000-3380-yillardagi to‘qnashuvlar yoki bosqinlar qurbonlaridir.

Nature  jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, olimlar qoldiqlarda, asosan, o‘g‘il bolalar va katta yoshli erkaklarda ko‘plab jarohatlarni aniqladilar. Topilgan jarohatlarning asosiy qismini miya jarohatlari, shu jumladan to‘mtoq kuch ta’sirida, o‘q uchlari va boshqa o‘tkir o‘tkir narsalardan olingan tuzalmagan yaralar tashkil etadi.

 Va yana qoldiqlarni tahlil qilish natijasida uzun suyak sinishi, o‘tkir, penetran yaralar kabi qo‘shimcha jarohatlar aniqlandi. Qizig‘i shundaki, bir qator hollarda o‘qlar qurbonlarning orqa qismiga tegib, dushmanning ehtimoliy hujumini ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, topilgan jarohatlar so‘nggi neolit davrida turli guruhlar o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan janglar va uzoq muddatli to‘qnashuvlardan dalolat beradi. Bu topilmalar Sudan va Misrdagi Jebel Sahaba qabristoni, shuningdek, Germaniyadagi Talxaym va Avstriyadagi Asparn-Shlyots  kabi boshqa joylarda topilgan arxeologik topilmalar bilan mos keladi.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, qoldiqlar suyaklarida harbiy to‘qnashuvlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jarohatlarning ozgina qismi topilgan. Bu shuni anglatadiki, ushbu yodgorlikka dafn etilgan boshqa ko‘plab odamlar ham xuddi shunday mojarolar qurboni bo‘lgan. Olimlarning ta’kidlashicha, San-Xuan yodgorligi dushman hujumiga uchragan aholi punkti himoyachilarining dafn etilgan joyiga aylanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring