Antarktika osmonidagi rekordchi ozon tuynugi yopildi
Antarktida osmonidagi rekord darajada kattalashib ketgan ozon tuynugi, tabiiy jarayonlar natijasida, 2020-yilning dekabrida yopildi. Bu haqda 8-yanvar kuni Jahon meteorologiya tashkiloti xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 2020-yilning avgust oyi o‘rtalaridan ozon tuynugi keskin kattalashishni boshlagan va 20-sentyabrda eng maksimum darajasiga chiqqandi.
Mavzuga oid: Ozon tuynugi rekord darajada kattalashmoqda: ekologiya muammosining sabab va yechimlari
«Bu ozon qatlamini 40 yil avval kuzatishlar boshlanganidan beri eng davomli, katta va chuqur yemirilish edi. Uning yopilishiga kuchli, barqaror va sovuq qutb shamoli hamda stratosferadagi juda past harorat sabab bo‘ldi», — deyiladi JMT xabarida.
Antarktida osmonidagi ozon miqdori 1980-yildagi darajasiga qaytishi uchun yana 40 yil kerak, deyishmoqda olimlar.
Ma’lumot uchun: Ozon qatlami Yerni Quyosh radiatsiyasidan himoyalovchi vazifasini bajaradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter