Amerikalik bomba tarqatuvchining taqdiri nima bo‘ladi?
Amerikalik siyosatchilaru jamoat arboblari hamda biznesmenlarga bomba jo‘natishda ayblanib, qo‘lga olingan Sezar Sayok qolgan umrini panjara ortida o‘tkazishga yaqin turibdi. Bu haqda «Regnum» yozmoqda.
Florida shtatida istiqomat qiluvchi 56 yoshli Sezar Sayok maxsus xizmatlar tomonidan gumon qilinib, oktyabr oyi oxirlarida ushlangandi.
Sayokka 30 bandlik ayblov qo‘yilgan, shundan beshtasi ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanganlik haqida, u bir shtatdan ikkinchisiga portlovchi modda olib o‘tishda ham ayblanyapti. Bularning bari jamlansa, yakunda sud beradigan jazo «bir umrga yetadigan» bo‘lishi mumkin.
Xullas, ayblov o‘ta jiddiy: Donald Tramp siyosatiga zid qarashlarga ega sobiq prezidentlar Obama va Klinton, bir qator siyosiy va jamoat arboblariga bombani aynan u jo‘natgan. Sayokning «qora ro‘yxati»da 100 kishi bo‘lgan ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter