Amaldor tug‘ilgan kunini dabdabali nishonlagani sabab jarimaga tortildi

Tojikistonning Panjikent shahri, Xurmi jamoati rahbari Ahmadullo Ibrohimov o‘z uyidagi tug‘ilgan kuniga ko‘plab mehmonlarni taklif etgani uchun jarimaga tortildi.
Asia Plusning yozishicha, mehmonlar uchun ikki marta— kunduzi va kechqurun bayram dasturxoni hozirlangan.
Tavallud kunda mehmon sifatida boshqa amaldorlar, jumladan soliq xizmati, xarbiy komissariatdan ham vakillar qatnashgan.
Panjikent shahri meri prokuror ko‘rsatmasiga ko‘ra Ahmadullo Ibrohimovni ishdan bo‘shatgan.
Tojikistonda 2007-yil 8-iyunda «An’analar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida» qonun kuchga kirgandi. 2018-yilda 648 nafar kishi shu qonunni buzgani uchun jarima to‘lagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter