Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrika davlati ikki yilda AQSh dollaridan voz kechmoqchi

Afrika davlati ikki yilda AQSh dollaridan voz kechmoqchi

Zimbabve 2026 yilning o‘rtalariga qadar AQSh dollaridan foydalanishdan butunlay voz kechadi, dedi mamlakat prezidenti Emmerson Mnangagva. Uning so‘zlaridan  Daily Maverick iqtibos keltirmoqda.

Yaqin ikki yil ichida Zimbabveda yagona to‘lov vositasi yangi valyuta – Zimbabve oltini (ZiG) bo‘ladi. Bu dollarni milliy valyuta tizimidan asta-sekin siqib chiqaradi, dedi Mnangagva.

«Ikki yildan keyin biz ZiG butun mamlakat bo‘ylab tarqatilishini va do‘konlar xaridorlardan AQSh dollarini qabul qilishdan bosh tortishini ko‘ramiz», — deya xulosa qildi davlat rahbari.

Hozir mamlakatdagi barcha moliyaviy operatsiyalarning 80 foizi dollarda amalga oshirilmoqda.

ZiG Zimbabvening oxirgi 15 yil ichida dollardan xalos bo‘lish maqsadida mamlakatda joriy qilingan oltinchi milliy valyutasiga aylanadi. Rasmiylar giperinflyasiya tufayli oldingi valyutalardan voz kechishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring