Afg‘onistondagi oltin konida odamlarni tosh bosib qoldi
Afg‘onistondagi oltin konida o‘pirilish natijasida 5 kishi halok bo‘ldi, 35 nafar insonning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda, deya xabar berdi «Tolo News» telekanali.
Hodisa Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatida sodir bo‘ldi. Mahalliy amaldorlarning aytishicha, o‘pirilish vaqtida konda taxminan 40 kishi bo‘lgan.
— Ayni vaqtda mahalliy aholi 5 kishining murdasini topishgan, qolgan 35 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda, — deydi viloyat gubernatori vakili Muhammad Nazari. Uning ta’kidlashicha, kon joylashgan hudud «Tolibon» guruhi nazorati ostida. Shu bois mahalliy hukumat bedarak ketganlarni qutqarish bo‘yicha harakat qilolmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter