Afg‘onistonda yuz bergan qurolli hujum 5 kishining umriga zomin bo‘ldi

Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyati Meyvend tumanida uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Qandahor viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general Abdulroziqning aytishicha, noma’lum shaxslar tumanning Malangkoriz qishlog‘ida hududlarni minalardan tozalayotgan mutaxassislarga hujum uyushtirgan. 5 kishini halok qilib, bir kishini garovga olgan.
General bu voqeani «Tolibon» jangarilari amalga oshirganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter