Afg‘onistonda yana bir portlash ro‘y berdi

Arxiv surati.
Bugun, 22-aprel kuni Afg‘onistonning Puli Xumri shahridagi saylovchilarni ro‘yxatga olish markazi yakinida portlash sodir bo‘ldi. Natijada olti kishi halok bo‘ldi, yana besh nafari jarohatlandi. Bu haqda «Tolo News»ga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan 12:00 da ro‘y bergan. Qurbonlar va jarohatlanganlarning barchasi bir oila a’zolari bo‘lgan, ular orasida ayollar va bolalar ham bor.
Telekanalning ma’lum qilishicha, portlovchi qurilma oila o‘z avtomobilida markaz oldidan o‘tayotganida ishga tushgan. Ayni damda mamlakat hududidagi hech bir ekstremistik guruh ushbu hujumni o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.
Mazkur portlash bugungi kun hisobidan ikkinchisi bo‘ldi. Bundan avval Kobul shahrida ham yana bir ro‘yxatga olish markazi yaqinida xudkush-terrorchi portlovchi qurilmani ishga tushirgani haqida xabar qilgan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter