Afg‘onistonda xudkushlar o‘zini portlatishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahrida mudhish hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Nangarhar viloyati hokimining ma’lum qilishicha, 8 nafar xudkushdan ikki nafari moliya boshqarmasi binosi oldida o‘zini portlatib yuborgan. Qolgan olti nafari esa binoga bostirib kirib, odamlarga o‘q uzgan.
Bir necha soat davom etgan to‘qnashuv oqibatida xudkushlar yo‘q qilingan.
Qurolli to‘qnashuvda 12 kishi halok bo‘lgan, 36 kishi jarohatlangan. Ayrimlarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Hujum uchun javobgarlikni hanuz hech kim o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter