Afg‘onistonda ulamolar kengashi rahbariga suiqasd uyushtirildi

Afg‘oniston sharqidagi Kapisa viloyatida avtomobil portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi, deya xabar bermoqda «Tolo News» Kapisa viloyat kengashi rahbari Muhammad Husayn Sanjoniga asoslanib.
Xabarlarga ko‘ra, voqea yakshanba kuni Sayyod bozorida sodir bo‘lgan. Rasmiyning ma’lum qilishicha, jabrlanganlar orasida Afg‘oniston poytaxti Qobuldan Kapisaga yo‘l olgan viloyat ulamоlar kengashining rahbari ham bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter