Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda toliblar blok-postga hujum qilishdi, qurbonlar soni 14 nafar

Afg‘onistonda toliblar blok-postga hujum qilishdi, qurbonlar soni 14 nafar

Foto: «Tolo News»

Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Tohar viloyatida Tolibon harakati jangarilari blok-postga hujum qilishi oqibatida 14 nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda «Tolo News» xabar berdi

Shuningdek, olti nafar harbiy jarohatlangan.

Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlarning 13 nafari maxsus qism harbiylari, bir nafari politsiyachi bo‘lgan.

Voqea chorshanba kechasi Xo‘ja Bahouddin tumanida yuz bergan. Tolibon kuchlari va harbiylar o‘rtasidagi otishma bir necha soat davom etgan.

Tolibon voqea yuzasidan munosabat bildirgan emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring