Afg‘onistonda noma’lum shaxslar besh nafar tolibonni o‘ldirib ketishdi

Afg‘oniston sharqidagi Jalolobodda noma’lum qurollangan shaxslar «Tolibon» harakatining besh nafar a’zosini o‘ldirib ketishgan.
Hodisa kunduzi soat uchlarda sodir bo‘lgan. Qurollangan ikki kishi «Tolibon»ga tegishli mashinaga hujum qilib, besh nafar a’zosini halok qilishgan. Hujum qilganlar qochib ketishgan.
Hujum Jaloloboddagi Afg‘oniston Milliy xavfsizlik boshqarmasi yaqinida sodir etilgani xabar qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter