Afg‘onistonda yetti nafar xorijlik halok bo‘ldi
Afg‘onistonning Bomiyon viloyatida uch ispan sayyohi noma’lum shaxslar tomonidan otib o‘ldirildi, bir sayyoh esa jarohatlangan. Bu haqda TASS Ispaniya tashqi ishlar vazirligi axborotga asoslanib xabar berdi.
Afg‘oniston hukumati bergan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyaliklardan tashqari, bir mahalliy fuqaro va to‘rt nafar xorijlik o‘ldirib ketilgan, yetti kishiga jarohat yetkazilgan.
Hech bir jangari guruh hujum uchun javobgarlikni o‘ziga olmagan.
Tolibon vakillari ushbu jinoyatni keskin qoralab, qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardligini bildirdi va jinoyatchilar jazosini olishiga ishonch bildirdi.
Keyinroq Tolibon rasmiy vakili Abdulmatin G‘aniy qurolli hujumda gumon qilingan to‘rt shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter