Afg‘onistonda bir oilaning 12 a’zosi portlab ketdi
Afg‘oniston sharqidagi Paktiya viloyatida qo‘lbola portlovchi qurilma portlashi oqibatida bir oilaning 12 a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda ularning qarindoshi Ariana News telekanaliga ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa shanba kuni yuz bergan. Oila ketayotgan avtomobil Sayid Karam tumanida portlab ketgan. Portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, ulardan 6 nafari bolalar. Yana ikki bola yaralangan.
Hozircha hech bir guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter