Afg‘oniston vitse-prezidentiga hujum uyushtirildi

Afg‘onistonning birinchi vitse-prezidenti Amrulloh Solihga hujum qilishdi. Portlash oqibatida u shikastlanmagan, lekin ikki kishi halok bo‘lgan, deya Solihning matbuot xizmati vakili «Facebook»da xabar berdi.
«Afg‘onistonning dushmanlari yana Amrulloh Solihga zarar yetkazishga urinishdi, biroq unga shikast yetmadi», — deyiladi xabarda.
Portlash bugun ertalab Qobuldagi maydonda sodir bo‘lgan. Hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lib, yetti kishi jarohatlangan.
«RIA Novosti»ningi yozishicha, bomba vitse-prezident korteji yo‘lida portlagan. Shikastlanganlar orasida Solihning qo‘riqchilari ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter