Afg‘oniston hukumatini boshqarishga da’vogar asosiy nomzod nomi aytildi

«Tolibon»ning Dohadagi siyosiy idorasi rahbari Mulla Barodar Afg‘onistonda yangi hukumatni boshqarishi mumkin. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.
«Tolibon»ning asoschisi marhum Mulla Umarning o‘g‘li mulla Muhammad Yoqub va Sher Muhammad Abbos Stanekzay hukumatdagi rahbarlik lavozimlarini egallaydi.
Avvalroq harakatning lideri Xaybatulloh Oxunzoda yangi Afg‘oniston hukumatini boshqarishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter