Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘on yigiti yonadigan va issiq haroratda muzlaydigan «suv» ixtiro qildi

Afg‘on yigiti yonadigan va issiq haroratda muzlaydigan «suv» ixtiro qildi

Hamza Jan Sarvariy ismli afg‘onistonlik izlanuvchi kimyoviy usulda g‘ayritabiiy xususiyatlarga ega bo‘lgan bir necha turdagi «suv» ixtiro qildi.

Uning aytishicha, bu «suv» yonadi va unga yonish xususiyatini, jumladan, tarkibidagi orttirilgan kislorod beradi. U, shuningdek yonish jarayonida tutun yoki rang ham hosil qilmaydi.

Hamzadan ushbu «suv»ning afzalligi va ixtirodan maqsad haqida so‘ralganida, u buni keyinchalik yoqilg‘i sifatida ishlatish imkoniyatlari haqida aytadi.

«Biz hammamiz ishonamizki, bir kun kelib yoqilg‘i manbalari tugaydi, shuning uchun bunga yechim topmoqchi bo‘ldim va kelajakda bu suvni yoqilg‘i sifatida ishlatmoqchiman. Shu bilan birga, u neft va gaz kabi havoni ifloslantirmaydi. Ayni paytda bu ixtiro biz uchun qimmatroq tushgan. Hozir neft va gazdan ham arzonroq bo‘lishi ustida ishlayapmiz. Keyin biz uni yoqilg‘i sifatida ishlatishimiz mumkin», – deydi u.

Izlanuvchi hozirda havoning ifloslanishi global muammo ekani, ekologik toza bo‘lgan ushbu ixtirosi esa bu borada ahamiyati katta bo‘lgan yechim ekanini aytadi.

Hamza Jan Sarvariy, shuningdek yana bir g‘ayritabiiy xususiyatga ega «suv»ni taqdim qilmoqda. Bu «suv»ning yangiligi shundaki, u 18 daraja issiq haroratda muzlay boshlaydi va 13 daraja issiqda butunlay muzlaydi. 40 darajagacha issiq havoda esa erimaydi. To‘g‘rirog‘i, Selsiy shkalasi bo‘yicha 42 daraja issiqda eriy boshlaydi.

«Bu suvning o‘zi muzli, lekin sovuq emas, uning sovuqligi atigi +13 darajani tashkil qiladi. Yozgi mavsumda chang‘i maydonlarini qurish uchun foydalanish mumkin», – deydi Hamza Jan Sarvariy.

Farxunda Frutan AMIRIY tayyorladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring