Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 ming kishi halok bo‘ldi, 170 ming aholi qamalda — Mariupol meri

5 ming kishi halok bo‘ldi, 170 ming aholi qamalda — Mariupol meri

Foto: «Twitter»

Ukrainaning Mariupol shahri meri Vadim Boychenko 27 kunlik qamal davrida shahar aholisining 5 ming nafari halok bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda BBC xabar berdi. 

Halok bo‘lgan 5 ming mariupollikning 210 nafari — bolalar.

Mariupolda hozir taxminan 170 ming aholi qolgan. 140 ming aholi qamalga qadar shahardan chiqib ketishga ulgurgan, 150 ming kishi esa blokadadan so‘ng evakuatsiya qilingan, dedi Boychenko.

30 ming kishi Rossiyaga yoki o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donbass respublikalariga olib ketilgan (Ukraina hukumati buni deportatsiya deb atamoqda, Rossiya esa ular ko‘ngilli ravishda ketganini ta’kidlamoqda).

Mariupoldagi binolarning 90 foiziga shikast yetkan. Aholi yashovchi ko‘p qavatli uylarning hamda xususiy uylarning 40 foizi butkul vayron qilingan.

Yettita shifoxonaga shikast yetkazilgan, shundan uchtasi to‘liq vayron qilingan.

Mariupol — urushgacha.
Foto: «Twitter»
Mariupol — hozir...
Foto: «Twitter»

Harbiy harakatlar ketayotgani bois BBC urushayotgan tomonlar rasmiy shaxslarining bayonotlarini tezkor tekshirish imkoniyatiga ega emasligini qo‘shimcha qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring