Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yilda arxeologlar topgan xazinalar: tangadan tortib tilla marjongacha

2023-yilda arxeologlar topgan xazinalar: tangadan tortib tilla marjongacha

Foto: RIA Novosti/Vitaliy Timkiv

O‘tgan yili arxeologlar tomonidan topilgan ko‘plab topilmalar orasida oltin va kumush tangalar, zargarlik buyumlari kabi haqiqiy xazinalar ko‘pligi diqqatga sazovordir. Ular Live Science portalida  taqdim etilgan, deb xabar beradi rg.ru nashri.

Tokio shimolidagi zavod qurayotganda ishchilar taxminan 100 000 tanga bo‘lgan xazinani topdilar. Ular miloddan avvalgi 175-yildan 1265-yilgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi.

Yaponiyadan topilgan tangalar. © Courtesy of Maebashi City

Misrning O‘rta yer dengizi sohilidagi kanalda suv osti arxeologlari miloddan avvalgi II-asr o‘rtalariga oid xazinalar bilan to‘la suv osti ibodatxonasini topdilar.

Suv ostidagi ibodatxona xazinasi.  © European Institute for Underwater Archaeology

Germaniyaning janubi-sharqiy qismidagi Lex daryosi yaqinida miloddan avvalgi I-va  II-asrlarga oid keltlarning(qabila nomi) noyob «kamalak qadahi» tangasi topilgan.

Kentukki shtatidagi makkajo‘xori dalasida ishlayotgan ishchi Amerika fuqarolik urushi davriga tegishli bo‘lgan 700 dan ortiq tangalarni topib oldi. Buyuk Kentukki xazinasida 1840-1863-yillarda zarb qilingan yuzlab oltin tangalar, shuningdek, bir nechta kumush tangalar bor edi.

Amerika fuqarolik urushi davri tangalari. © European Institute for Underwater Archaeology

Arxeologlar Uelsda eramizdan avvalgi ming yillikka oid dafn etilgan joyda inson qoldiqlarini o‘rganish chog‘ida oltin sochli bezak topdilar.

Arxeologlar va ko‘ngillilar Germaniya yaqinida olib borilgan qazishmalar paytida 6000 kumush tangalar kolleksiyasini va yettita qilich parchalarini topdilar. Bu topilma bronza davriga tegishliligi aniqlandi.

Ispaniya shimolidagi ko‘chkidan so‘ng ikkita tilla marjon topildi. Ular miloddan avvalgi 500-yillarga tegishli bo‘lgan.

Pokistonda arxeologlar qadimiy buddistlar ibodatxonasi xarobalaridan 2000 yillik bronza tangalar kolleksiyasini topdilar. Tangalar taxminan eramizning 105-250-yillarida gullab-yashnagan Kushonlar podsholigiga tegishli.

Kushon podsholigiga tegishli tangalar. © Sheikh Javed Ali Sindhi

Va nihoyat, turli sabablarga ko‘ra  Live Science portali reytingiga kiritilmagan Novgorodda topilgan noyob – Rossiya knyazi Vladimir Svyatoslavichning kumush tangalari 988-yilda Kiyevda zarb qilingan. Ular asosan Janubiy Rossiyada, Kiyev va Chernigov knyazliklari hududida keng tarqalgan. Novgorodda o‘nlab yillar davomida olib borilgan qazishmalarda faqat ikkita tanga topilgan. Ular Novgorod va Kiyev o‘rtasidagi aloqalar, Rossiyaning shimoli va janubi o‘rtasidagi tarixiy aloqalardan darak beradi.

O‘tgan yili arxeologlar O‘zbekiston hududidan ham xursand qiladigan ma’lumotlar bilan bo‘lishishdi, ular 1,5 ming yil avval zarb qilingan tangalarni topishdi.

Namangandan topilgan tanga. © Sputnik O‘zbekiston

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ayrim tangalarning old tomonida arabcha, orqa tomonida esa xitoycha yozuvlar topilgan. Namangan viloyatidagi qadimiy Axsiket shahridan topilgan bu xazina juda yaxshi saqlangan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring