Endilikda «Google Assistant» yordamida pul yuborish va qabul qilish mumkin
![Endilikda «Google Assistant» yordamida pul yuborish va qabul qilish mumkin](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1849189494.jpg)
«Google Assistant» ovozli yordamchisi ko‘magida endilikda pullarni o‘tkazish va qabul qilish mumkin. Bunga assistentning «Google Pay» mobil to‘lov tizimi bilan integratsiyalashuvi natijasida erishildi, deb xabar berdi «ITC.ua».
Endilikda foydalanuvchilar ovozli yordamchi ko‘magida o‘z kontaktlari ro‘yxatida bo‘lgan istalgan odamga pul o‘tkazishi mumkin. Buning uchun kerakli buyruqni bajarish kerak, xolos.
«Google Assistant» dasturidan «Android» hamda «iOS» tizimidagi qurilamalarda foydalanish mumkin. Taxminlarga ko‘ra, «Google Pay Sent» to‘lov tizimi tarmog‘ida (eski nomi «Google Wallet») ishlaydi.
Har bir tranzaksiya qo‘shimcha tarzda tasdiqlov so‘raydi, bu orqali esa xatolik va pul yuborishdagi «noto‘g‘ri» yo‘nalish oldi olinadi.
Hozircha yangi dasturdan faqatgina AQSh hududida foydalanish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter